Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqaro, 1964 yilda tug‘ilgan O.Sulaymonov (sobiq deputat)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro shu kunga qadar IIO tomonidan gumonlanuvchi tariqasida bir necha marotaba, chaqiruv qog‘ozi orqali rasman chaqirilgan bo‘lsada, tergovga kelishdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Shunga ko‘ra, bugun 14 oktyabr kuni, O.Sulaymonovni qonuniy asos bilan, tergov jarayoniga majburiy keltirish chorasi qo‘llanildi va mavjud jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shu o‘rinda, ayrim ijtimoiy tarmoq faollariga, jinoyat ishi yuritilayotgan vaqtda, internet jahon axborot tarmog‘i orqali, tergov jarayoniga ta’sir o‘tkazishga urinish javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida eslatib o‘tamiz.

Kiritildi: Bugun 06:32. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!