Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermakni uyida tintuv o‘tkazilmoqda — “Ukrainskaya Pravda”.
Nashr muxbirining xabar berishicha, Kiyevning hukumat idoralari joylashgan hududiga NABU (Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi) va SAP (Maxsus antikorrupsiya prokuraturasi) xodimlari Yermakni uyida tintuv o‘tkazishga kelishgan.
Tintuv o‘tkazilayotgani haqida Ukraina Oliy Radasi deputatlari Aleksey Goncharenko va Yaroslav Jeleznyak ham ma’lum qildi.
Ukrainada “Energoatom” davlat energetika kompaniyasi bilan bog‘liq yirik korrupsiya mojarosi avj olmoqda. Shu sababli Ukraina energetika va adliya vazirlari iste’foga chiqarildi. Mojaroning asosiy shaxsi biznesmen Timur Mindich bo‘lib, ommaviy axborot vositalari uni "Zelenskiyning do‘sti" deb atagan.