UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedovning papaxalari 340 million rubldan ortiqqa sotildi. Bu haqda Pavel Durov boshchiligidagi Telegram messenjeri xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, jami 29 000 papaxa auksionda sotilgan.
Ma’lumot uchun, Xabib Nurmagomedov ayni paytda 37 yosh. Rossiyalik professional aralash yakkakurash ustasi sifatida 2008 yilda debyut qilib, 2018 yilda yengil vazn toifasida (70 kg) UFC chempioniga aylangandi.