Ukraina AQShning yangi versiyadagi tinchlik rejasini qabul qilishga rozi bo‘ldi, biroq ayrim tafsilotlarni hali kelishilishi kerak — CBS News.
Xabar berilishicha, bugun Ukraina delegasiyasi ham Abu-Dabida bo‘lib turibdi, u yerda AQSh armiya vaziri Deniel Driskoll rejaning yangilangan versiyasini Rossiya bilan muhokama qilmoqda.
“Ukrainaliklar tinchlik kelishuviga rozi bo‘lishdi. Hali hal qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi detallar bor. Biz katta optimizmni saqlayapmiz. Vazir Driskoll ham optimistik kayfiyatda. Yaqinda rossiyaliklardan javob olamiz degan umiddamiz. Hammasi juda tez sur’atda ketyapti", — dedi CBS News manbasi.
Shu bilan birga, amerikalik mansabdorning ta’kidlashicha, Putin Donesk viloyati ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritishiga ishonadi, bu muzokaralar yoki jang maydoni orqali amalga oshishi mumkin.
Qayd etilishicha, amerikaliklar "Putin ushbu masalada haq", deb hisoblashadi va bu haqda Jenevada Ukraina rasmiylariga ma’lum qilishgan.