Afg‘oniston Rossiya hukumatiga qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun o‘z fuqarolarini jalb qilishni taklif qildi. Keyinchalik ular kuryerlik va taksi xizmatlarida ham ish boshlashi mumkin.
Bu masala Afg‘oniston delegasiyasining yaqinda Tataristonga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan. Unda Kobul vakillari respublika rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi Gull Hassanga ko‘ra, kelgusida Qobul boshqa sohalar uchun ham ishchi kuchini taqdim etishga umid qilmoqda.