Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Eron Jahon chempionati-2026 qur’asiga boykot e’lon qildi

Eron Jahon chempionati-2026 qur’asiga boykot e’lon qildi

Eron 5 dekabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlashni boykot qildi, chunki Qo‘shma Shtatlar delegasiyaning bir nechta a’zolariga viza berishdan bosh tortdi. Bu haqda juma kuni Eron futbol federasiyasi ma’lum qildi.

"Biz FIFAga qabul qilingan qarorlarning sportga hech qanday aloqasi yo‘qligi va Eron delegasiyasi a’zolari jahon chempionati qur’asida ishtirok etmasligini ma’lum qildik", - dedi federasiya vakili.

Eronning Varzesh 3 sayti ma’lumotlariga ko‘ra, delegasiyaning faqat to‘rt nafar a’zosi, jumladan, terma jamoa bosh murabbiyi Amir Galenoi viza olgan.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 19:01. O'qildi: 1136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!