Ukrainaning Chernovsi viloyati Bukovina shahrida dunyodagi eng mashhur ibodatxonalardan biri yoqib yuborildi.
Bu haqda Isroilning Ukrainadagi elchisi Mixayel Brodskiy va Ukraina Birlashgan yahudiy jamiyati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ruhiy kasallikdan aziyat chekkan noma’lum erkak Sadgordagi ibodatxonaga kirib, kitoblar yig‘ib, o‘t qo‘ygan.
Xabar qilinishicha, polisiya zudlik bilan yetib kelgan va jinoyatchini qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, u bir oy avval mahalliy cherkovga o‘t qo‘yishga uringan va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ruhiy jihatdan beqaror bo‘lgan.
Sadgordagi asosiy ibodatxona taxminan 1770 yilda qurilgan. Afsonaga ko‘ra, bino poydevori Quddusdan olib kelingan tuproqdan qurilgan. Sinagoga mo‘’jiza yaratuvchi ravvin va Hasidik payg‘ambar hisoblangan Maggid Mezerichning nevarasi Tzadik Isroil Fridmanning oilaviy saroyi yonida qurilgan.
Hasidimlar 18-asrda Sharqiy Yevropada paydo bo‘lgan yahudiylikdagi mistik diniy oqim bo‘lgan hasidizm tarafdorlaridir. Bu atama ibroniycha "hasid" (taqvodor) so‘zidan kelib chiqqan.