Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Uolsning Ukraina NATO'ga qo‘shila olmasligi haqidagi fikriga javob qaytarib, bu masala kun tartibidan chiqarib tashlanishi mumkin emasligini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, bugun NATO'ga a’zo bo‘lish borasida hamkorlar o‘rtasida konsensus mavjud emas, lekin bu Ukraina Konstitusiyasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ukrain xalqi uchun strategik tanlov hisoblanadi. Shu bilan birga, u Ukraina xavfsizligining eng samarali kafolati aynan alyansga a’zo bo‘lish ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, vazir hech bir davlat Ukraina xalqi tanloviga ta’sir o‘tkaza olmasligini va mamlakat qaysi ittifoqqa qo‘shilishini mustaqil ravishda hal qilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Uols so‘nggi kunlarda ikki marta Ukraina NATO'ga a’zo bo‘lishi a’zo bo‘lish imkoniyatlari juda kamligini ekanligini aytgan. Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Mark Ryutte esa Donald Tramp bu masalani muhokamadan chiqarib tashlaganini ma’lum qilgan.