Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Ukrainadagi prezidentlik saylovlarini ahamiyatsiz deb atadi

Zelenskiy Ukrainadagi prezidentlik saylovlarini ahamiyatsiz deb atadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi prezidentlik saylovlarini ahamiyatsiz deb atadi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” nashri Oliy Rada deputatlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Zelenskiy:

“Saylovlar masalasi Ukraina muxolifati uchun muhim, ammo qolganlar uchun u ahamiyatsiz — biz uchun asosiy maqsad urushi tugatishdir”, — degan.

Radaning yana bir deputati ta’kidlashicha, Zelenskiy saylov haqidagi savolga javob berganida, agar oldingi saflarda muvaffaqiyatsizlikka duch kelinsa, “bizga qandaydir og‘ir qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri kelishi”ni qayd etgan.

Prezidentning bu bayonoti Ukrainada davom etayotgan urush va uning siyosiy jarayonlarga ta’siri haqidagi bahs-munozaralarni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:06 22.09.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!