Ukraina bu yil Yevropa Ittifoqidan 30,6 milliard yevrolik byudjet yordamini jalb qilishni kutmoqda.
Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Sergey Marchenko bayonotida aytiladi.
"Evropa Ittifoqi 2022 yil fevralidan beri to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet yordamining eng yirik donori bo‘ldi. Bu davrda YEI davlatlaridan ustuvor byudjet xarajatlarini moliyalashtirish uchun 45 milliard yevro jalb qilindi (yana 5 milliard yevroni Ukraina boshqa Yevropa davlatlaridan oldi). 2024 yilda, Yevropa Ittifoqi byudjeti yordami barcha tashqi tushumlarning 40% dan ortig‘ini tashkil etdi - 16,1 milliard yevro" - dedi Marchenko.