Ukraina qurolli kuchlari Kaspiy dengizida Eron savdo kemasiga hujum qilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi va ikki kishi yaralandi.
Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
"Tehron Ukrainaning kemaga hujumini qattiq qoralaydi va o‘z milliy manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish uchun xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va normalariga muvofiq javob qaytarish huquqini o‘zida saqlab qoladi", deb ta’kidladi vazirlik.