Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun joriy va kelajakdagi barcha mumkin bo‘lgan shartlarni bajarishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda Ukraina Bosh vazirining Yevropa va Yevro-Atlantika integrasiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Taras Kachka Lyuksemburgga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Kiyev Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga Ukrainaning a’zo bo‘lish uchun mavjud shartlarni bajarishiga va a’zo bo‘lishdan oldin yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘zgarishlarni hisobga olishiga ishonchini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ukraina tomoni, shuningdek, muzokaralar jarayonining oraliq va yakuniy mezonlariga javob berishga rasman rozi bo‘ldi.
Shunday qilib, Kiyev muzokaralar jarayonini boshlashga rasman rozi bo‘ldi va 15 iyun kuni adolat, erkinlik va xavfsizlik; asosiy huquqlar; moliyaviy nazorat; davlat xaridlari; va statistika kabi beshta muzokara klasterini ochdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu sohalarning barchasida nomzod davlatlar o‘z qonunchiligini Yevropa Ittifoqi standartlariga to‘liq moslashtirishlari kerak.