Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Taniqli xonanda Munisa Rizayeva "IntervyuTv" loyihasiga bergan intervyusida to‘y xizmatlari uchun belgilangan narxlarni oshkor qildi.

Suhbat davomida boshlovchining "To‘yga qanchaga chiqasiz?" mazmunidagi savoliga javob berar ekan, san’atkor bu boradagi tariflar hudud hamda taklif etilayotgan sharoitlarga qarab farqlanishini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi nikoh oqshomlari va tantanalarda xizmat ko‘rsatish bahosi o‘rtacha 1000 dollarni tashkil etadi. Viloyatlarga borib qo‘shiq kuylash esa sezilarli darajada qimmatroq bo‘lib, 5 ming dollardan 10 ming dollargacha yetishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:34. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!