Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Jastin Getji Oq uyda Iliya Topuriyani mag‘lub etib, UFC chempioniga aylandi

Jastin Getji Oq uyda Iliya Topuriyani mag‘lub etib, UFC chempioniga aylandi

AQSh poytaxti Vashington shahridagi Oq uyda tashkil etilgan UFC turnirining markaziy jangida yengil vazn toifasidagi mag‘lubiyasiz chempion Iliya Topuriya va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi.

Jang to‘rtinchi raunddan so‘ng yakunlandi. Topuriya olgan og‘ir zarbalari sabab beshinchi raundga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi. Uchinchi raunddan keyin unda ko‘rish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. To‘rtinchi raunddan so‘ng esa uning ahvoli yanada og‘irlashdi.

Shu tariqa Jastin Getji yengil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Mazkur mag‘lubiyat Topuriyaning professional MMA faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. Uning hisobida endilikda 17 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat bor. Getjining rekordi esa 28 g‘alaba va 5 mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.

Turnirning ikkinchi asosiy jangida fransiyalik Siril Gan og‘ir vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechgan bahsda braziliyalik Aleks Pereyrani nokautga uchratdi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!