Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Javohir Sindarov jahon reytingida ko‘tarildi

Javohir Sindarov jahon reytingida ko‘tarildi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov klassik shaxmat bo‘yicha jahon reytingida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

15 iyun kuni yangilangan reytingga ko‘ra, 20 yoshli shaxmatchi 2777,0 reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, dunyodagi eng kuchli shaxmatchilar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Sindarovdan yuqori pog‘onalarda faqat Magnus Karlsen (2823,2), Fabiano Karuana (2792,0) va Xikaru Nakamura (2792,0) joylashgan.

So‘nggi 12 oy ichida o‘zbekistonlik grossmeyster birdaniga 67 reyting ochkosini qo‘shib oldi. Bu ko‘rsatkich hozirgi kunda dunyoning yetakchi shaxmatchilari orasida eng yuqori o‘sishlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov avvalroq da’vogarlar turnirida g‘olib chiqib, jahon shaxmat taxti uchun bahslashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Hozirda u dunyodagi eng iste’dodli yosh grossmeysterlardan biri, shuningdek O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchisi sifatida e’tirof etilmoqda.

Kiritildi: 23:50 15.06.2026. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!