Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Agar Rossiya NATO a’zosiga hujum qilsa, Kaliningrad va Sankt-Peterburgga aviazarbalar beriladi

Agar Rossiya NATO a’zosiga hujum qilsa, Kaliningrad va Sankt-Peterburgga aviazarbalar beriladi

Agar Rossiya NATO a’zosiga hujum qilsa, Kaliningrad va Sankt-Peterburgga aviazarbalar beriladi — Germaniya Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni.

​Germaniya HHK rahbari agar Rossiya NATO a’zosi bo‘lgan biror mamlakatga hujum qilsa, Kaliningradga havodan zarba berish bilan tahdid qildi.

​Holger Noymann "The Telegraph" nashriga bergan intervyusida, agar Moskva NATO'ning istalgan davlatiga hujum qilsa, bunga javoban Rossiya hududiga, xususan, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Kola yarim oroli hamda Qora dengizdagi flotga "vayronkor aviazarbalar" berilishini ta’kidladi.

​"Hatto bugun tunda jang qilishimiz mumkin. Agar kimdir menga hozir qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat shunday ekanini aytsa, biz ayni shu daqiqada tayyor turishimiz kerak va biz tayyormiz", — dedi Noymann.

Biroq u Yevropa va Rossiya o‘rtasida urush chiqmasligiga umid qilishini ham qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 20:25. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!