Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Namangan viloyatida ta’lim tizimidagi korrupsion holatlar fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroni Namangan shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 ming dollari talab qilgan. U so‘ralgan puldan 8,5 ming dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.

Ushbu mansabdor shaxs 2011 yilda ham firibgarlik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi va pora olish kabi jinoyatlar bilan sudlangani ma’lum bo‘ldi.

Yana bir holatda esa Namangan shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi davlat xususiy sherikchiligida 2 ta bog‘cha tashkil etmoqchi bo‘lgan tadbirkordan 2 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. U ushbu pul evaziga Davlatobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli shartnomalarni tasdiqlatib berishni va’da qilgan.

photo_2026-06-15_14-50-57 (2)

Tezkor tadbir davom ettirilib, undan ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlatobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi ham ushlangan.

photo_2026-06-15_14-50-57 (3)

Har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

Kiritildi: Bugun 16:36. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!