Xabarlarga ko‘ra, yong‘in lavraning bosh ibodatxonasi — Uspenskiy cherkovi tomini qamrab oldi va u 800 kvadrat metr maydonni tashkil etdi.
Ibodatxonadan muqaddas qadimiy buyumlar va diniy marosim buyumlarini shoshilinch evakuasiya qilish tashkillashtirildi. Shuningdek, Aleksandr Dovjenko nomidagi Milliy kinostudiya ham zarbaga uchradi. Liboslar sexi zarar ko‘rgan.
"Ukrainaning eng katta va eng qadimiy liboslar kolleksiyasi vayron bo‘ldi. Studiyada yuz mingga yaqin kostyum va uch million dona kiyim-kechak bor edi", — deya ma’lum qildi mamlakat madaniyat vaziri Tatyana Berejnaya.
Hujum oqibatida Kiyevning barcha 10 ta tumanidagi turar joy binolari ham shikastlangan. 140 mingga yaqin aholi elektr ta’minotisiz qoldi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi, deyiladi xabarlarda.