Ukraina Vazirlar Mahkamasi Eron bilan diplomatik va xizmat pasportiga ega fuqarolar uchun vizasiz sayohat qilish bo‘yicha kelishuv memorandumini bekor qildi.
Bu haqda hukumatning Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk ma’lum qildi.
"Ukraina hukumati va Eron Islom Respublikasi hukumati o‘rtasida 1993 yil 15 martda Kiyevda tuzilgan diplomatik va xizmat pasportiga ega fuqarolar uchun vizasiz sayohat qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi tugatildi", — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabrida Kiyev Tehron bilan 1993 yildagi havo qatnovi kelishuvini ham bekor qilgan edi. Ukraina Eronni Rossiyaga mojaroda yordam berishda ayblaydi.