Putinning yordamchisi Donbassdan har ikki tomonning qo‘shinlari olib chiqilishini istisno qilmadi, biroq hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘lishini aytdi.
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov “Kommersant” nashriga Donbassda demilitarizasiya qilingan hududid yaratish g‘oyasiga izoh berdi.
"O‘t ochishni to‘xtatish faqat Ukraina Donbassdan o‘z qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketganidan keyingina yuz berishi mumkin. Shundan so‘ng u yerda nima bo‘lishi haqida gaplashamiz", — dedi Ushakov.
"Ehtimol, Donbassda Rossiyaning ham, Ukrainaning qo‘shinlari bo‘lmaydi. Ammo u yerda Rosgvardiya bo‘ladi, bizning polisiyamiz bo‘ladi, tartibni saqlash va normal hayotni tashkil etish uchun kerak bo‘lgan hamma narsa bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Putinning yordamchisi.
Ushakovning ta’kidlashicha, har qanday holatda ham, bu hudud Rossiya hududi hisoblanadi va agar muzokara yo‘li bilan bo‘lmasa, baribir harbiy yo‘l bilan Moskva nazoratiga o‘tadi.