13 iyun kuni Vengriyada dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi navbatdagi Jahon chempionati start oladi.
Musobaqa startiga bir necha kunlar qolganida Ukraina terma jamoasining unda ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ukraina dzyudo federasiyasining rasmiy sahifalari bunga sabab sifatida Jahon chempionatida Belarus terma jamoasi a’zolariga o‘z bayrog‘lari ostida ishtirok etishi uchun ruxsat berilganini ko‘rsatmoqda.
Vengriyadagi Jahon chempionatida Belarusdan ikki nafar dzyudochi — Aleksandr Sidorik hamda Yegor Voropayev (har ikkisi 90 kg vaznda) ishtirok etadi.