Axios nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov boshchiligidagi delegasiya shu hafta oxirlarida AQSh prezidentining vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Mayamiga boradi.
Avvalroq Politico nashri shu hafta oxirida Mayamida Rossiya va AQSh delegasiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.
Axios manbalariga ko‘ra, hozircha AQSH, Ukraina va Rossiya vakillari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv tashkil etish rejalashtirilmagan.