Ukraina bo‘yicha Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar 4 noyabrdan keyin bo‘lib o‘tadi
Moskva, Kiyev va Vashington vakillari o‘rtasida Ukraina masalasi bo‘yicha Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uch tomonlama muzokaralar 4 noyabrdan keyin bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilgan.
«Sana yaqin vaqt ichida belgilanadi. Ammo muzokaralar 4 noyabrdan keyin bo‘lib o‘tishi aniq», — deya Ushakovning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning aytishicha, uchrashuvning aniq sanasi «jang maydonidagi vaziyat va umuman, mavjud sharoit»ga bog‘liq bo‘ladi.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Donald Tusk Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi Abu-Dabidagi uch tomonlama muzokaralar dastlabki kelishuvga ko‘ra, 4 noyabrga belgilanganini ma’lum qilgan edi.