Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa yetakchilari bunday qarorni payshanba va juma kunlari Dublinda bo‘lib o‘tgan sammitlar yakunlari bo‘yicha qabul qilgan.
Sammit arafasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa yetakchilarini AQSh vositachiligida Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarini qayta boshlash uchun o‘z vakillarini tayinlashga chaqirgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganiga qariyb besh yil bo‘lgan bir sharoitda Rossiya Yevropa davlatlarining muzokaralarda ishtirok etishiga avvalgidan ko‘ra ochiqroq munosabat bildirmoqda. Biroq Yevropa uzoq vaqt davomida qit’a nomidan kim vakillik qilishi kerakligi borasida bir qarorga kela olmagan.
Nomi oshkor etilmagan maslahatchilardan birining ma’lum qilishicha, mazkur rasmiylar kelgusidagi har qanday muzokaralarda texnik darajada ishtirok etadi.