Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi ilk bor Pokrovskdagi amaliyotga izoh berdi

 Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi ilk bor Pokrovskdagi amaliyotga izoh berdi

Bayonotda aytilishicha, Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) maxsus kuchlari “frontda logistika nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan Pokrovsk shahrida” harakat qilmoqda.

"Maxsus desant amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgach, belgilangan chiziqlarni egallagan GUR maxsus kuchlariga yer usti yo‘lagi orqali qo‘shimcha maxsus bo‘linmalar kelib qo‘shildi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, GUR idora rahbari Kirill Budanov ko‘rinib turgan qo‘mondonlik punktidan olingan suratni ham e’lon qildi. Budanov maxsus kuchlarning Pokrovskdagi amaliyotga rahbarlik qilmoqda.

Kiritildi: 18:02 04.11.2025. O'qildi: 1684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!