Ukraina boks federasiyasi rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA)dan chiqib ketishini e’lon qildi.
Tashkilot allaqachon IBA'dan chiqish uchun rasmiy hujjatlarni yuborgan.
2024 yil 9 sentyabrida Ukraina boks federasiyasi World Boxing'ga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Yaqin orada rasmiy a’zolik arizasi tasdiqlanishi kutilmoqda.
"Ushbu qaror XOQ tavsiyalariga muvofiq qabul qilinadi. Yoshlar va sport vazirligi oldidagi 2024 yil uchun kelishilgan taqvim rejasi bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajargandan so‘ng, Ukraina boks federasiyasi 2024 yil 23 dekabrda IBA'dan chiqish to‘g‘risida rasmiy ravishda xabar berdi va ularga bu haqda rasmiy xat yubordi", deyiladi rasmiy bayonotda.