Ukraina bilan tinchlik kelishuviga erishish uchun barcha eshiklar ochiq — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Kiyev tomonidan tinchlik kelishuvi bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan. Shu sababli Rossiya Ukraina hududidagi harbiy harakatlarini davom ettirmoqda.
Rossiya matbuot kotibining boshqa bayonotlari:
◾️ Kreml bugun Abu-Dabida xavfsizlik masalalari bo‘yicha uch tomonlama guruh ishining yakunlari yuzasidan hech qanday bayonot e’lon qilmaydi.
◾️ Yevropa Ittifoqining ko‘pchilik davlatlaridan farqli o‘laroq, Rossiya uchun Arktika mintaqasi "bevosita tegishli" hisoblanadi