Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Buxoroda "dom" portlab ketdi

Buxoroda "dom" portlab ketdi

Bugun, 31 yanvar kuni soat 08:23 da 112 tizimi orqali Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman "Tinchlik" MFY “Sho‘robod” ko‘chasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz natijasida chaqnash sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!