Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi "jangchilarning hayotini va bo‘linmalarning jangovar qobiliyatini saqlab qolish maqsadida" ukrainalik harbiylar Donesk viloyatidagi Seversk shahridan chekinganini ma’lum qildi.
Bosh shtabning qayd etishicha, Seversk hududida shiddatli janglar davom etmoqda, shaharning o‘zi esa Ukraina Qurolli kuchlarining "o‘t ochish nazorati ostida qolmoqda".
"Dushman bo‘linmalarining yanada oldinga siljishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularni bloklash choralari ko‘rilmoqda", deya qo‘shimcha qildi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi.