Bu haqda Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda Ukraina delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan Rustem Umerovning vakili Diana Davityan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC.
Davityanning so‘zlariga ko‘ra, matbuot uchun bayonotlar keyinroq e’lon qilinadi.
Ukraina, AQSh va Rossiya ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning birinchi raundi 23–24 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan. Ikkinchi raund 5 fevralda boshlangan. Hozircha asosiy natija — “157 ga 157” formulasi bo‘yicha asirlar almashinuvi bo‘ldi. So‘nggi besh oy davomida bunday almashinuvlar o‘tkazilmagan edi.