Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Makronning maslahatchisi Moskvaga tashrif buyurdi

Makronning maslahatchisi Moskvaga tashrif buyurdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning diplomatik maslahatchisi 3 fevral kuni Moskvaga tashrif buyurdi.

Bu haqda uchrashuvdan xabardor manba va ikkita diplomatik manbaga tayanib Reuters xabar bermoqda.

"Makronning diplomatik maslahatchisi Emmanuel Bonn seshanba kuni Rossiya rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazish uchun Moskvada bo‘lgan", deyiladi xabarda.

Bonn Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov bilan muzokaralar olib borganligi ta’kidlandi.

Tashrifdan maqsad muloqot o‘rnatish edi. Manba qo‘shimcha tafsilotlarni bermadi. Agentlikning aniqlik kiritishicha, Yelisey saroyi bu ma’lumotni na tasdiqladi, na rad etdi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!