Tramp prezidentlikka yoshi xalal berayotgani haqidagi e’tirozlarga ehtimoliy vorislar masalasini tilga olib javob qaytardi
U NBC telekanaliga bergan intervyusida davlat rahbari vazifalarini bajarishga yoshi xalaqit bera boshlasa, buni hech kimning yordamisiz mustaqil anglay olishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Tramp o‘zidan keyin kim prezident bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga ham mavhum javob berdi. U hozirda Vens va Rubioning faoliyatidan mamnunligini, biroq ularning birini boshqasidan ustun ko‘rmasligini aytdi.
“2029 yilgacha hali bor, bu masalaga hozircha aralashishni xohlamayman”, — deya ta’kidlagan AQSh rahbari.