Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy urushda 55 ming ukrainalik halok bo‘lganini aytdi, lekin...

Zelenskiy urushda 55 ming ukrainalik halok bo‘lganini aytdi, lekin...

Ammo ochiq manbalarga ko‘ra, bu raqam deyarli ikki baravar ko‘p, deya xabar bermoqda “Meduza”.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy France 2 telekanaliga bergan intervyusida “Ukrainada jang maydonida rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 55 ming nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini bildirdi.

Shu bilan birga, 4 fevral holatiga ko‘ra UALosses loyihasining ism-shariflar keltirilgan ro‘yxatlarida 86 ming nafar halok bo‘lgan ukrainalik harbiy va 89 ming nafar bedarak yo‘qolgan shaxs qayd etilgan.

Mualliflari noma’lum bo‘lgan UALosses loyihasi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush davomida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan ukrainalik harbiylar bo‘yicha ism-shariflar keltirilgan ro‘yxatni yuritadi.

AQShdagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) bahosiga ko‘ra, Rossiya 2022 yil fevralidan buyon jami 1,2 milliongacha odamni yo‘qotgan, shundan 325 ming nafari halok bo‘lgan. BBC rus xizmati va “Mediazona” nashri ochiq manbalar asosida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqin davomida halok bo‘lgan 165 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsini aniqlagan.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!