Ukraina AQSh - Rossiya uchrashuvidan so‘ng amerikaliklar bilan yana bir muzokara o‘tkazadi. Bu haqda AFP nashri xabar berdi.
"Hozircha biz Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi uchrashuv natijalarini kutmoqdamiz. Shu asosda bizda AQSh bilan yana bir uchrashuv bo‘ladi", — deya ma’lum qildi yuqori martabali ukrain amaldori AFP'ga anonimlik sharti bilan.
Manbalarga ko‘ra, Rossiya va AQSh vakillari uchrashuvda Ukraina bilan avvaldan kelishilgan, o‘t ochishni to‘xtatishga doir ishlanmalarni ko‘rib chiqmoqda.
Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Sergey Leshenkoning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni Saudiya Arabistonida ukrainlik va amerikalik delegasiyalar o‘rtasidagi muzokaralarda, jumladan, kemalar harakati xavfsizligi va ukrain portlariga hujumlarni to‘xtatish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, uchrashuv davomida asirlarni almashish masalasi ham ko‘tarilgan.