Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina 2023 yilda dunyodagi eng harbiylashtirilgan davlatga aylandi

A A A
Ukraina 2023 yilda dunyodagi eng harbiylashtirilgan davlatga aylandi

Bonn xalqaro konversiya markazi tomonidan har yili tuziladigan Global harbiylashtirish indeksida Ukraina 18-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarildi. 2007 yildan buyon yetakchilik qilib kelayotgan Isroil bu yil ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Etakchi o‘ntalikka Armaniston, Qatar, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Gresiya, Singapur, Ozarbayjon va Rossiya kiritilgan. Reytingda AQSh 25-o‘rinni, Germaniya esa 98-o‘rinni egalladi.

Reyting sharhida qayd etilishicha, yil davomida Rossiya harbiy xarajatlarini 66 milliard dollardan 72 milliard dollarga oshirdi. Shu bilan birga, Ukraina bilan urushda Rossiya Qurolli kuchlari ko‘plab ishchi kuchi va texnikasini yo‘qotgani sababli uning harbiylashuv darajasi unchalik oshmagan, deb yozadi tahlilchilar.

Global militarizasiya indeksi mamlakat harbiy apparatining hajmi va ta’sirini aks ettiradi. Reytingni tuzishda mamlakatdagi harbiy xarajatlar hajmi, harbiy xizmatchilar va og‘ir qurollar soni kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

Kiritildi: 08:25 06.12.2023. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!