Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrain boksi afsonasi faoliyatini yakunladi

Ukrain boksi afsonasi faoliyatini yakunladi

Ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempioni, prof boksning uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Ukrainalik boks afsonasi 2024 yilning may oyida professional ringdagi so‘nggi jangini o‘tkazgandi. O‘shanda u yengil vaznda IBF chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Uning hisobida 18 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor.

"Har bir bokschining faoliyatida shu kun keladi. Har bir narsaning boshlanishi bo‘lganidek, yakuni ham albatta bor. Menda shu kun yetib keldi. Meni dunyoga tanitgan boks qo‘lqoplarimni mixga ilish fursati yetdi", — deb yozdi 37 yoshli Lomachenko o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Vasiliy Lomachenko Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U prof boksdagi uchinchi jangidayoq jahon chempioniga aylangandi. Loma yettinchi jangida ikki, o‘n ikkinchi jangida esa uchta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgan edi.

Kiritildi: 18:16 07.06.2025. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!