Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Uitkoff: "Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish uchun bor kuchini ishga solmoqda"

Uitkoff: "Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish uchun bor kuchini ishga solmoqda"

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Bu haqda AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff Moskva va Kiyevga tashriflaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

U Trampning ko‘rsatmasi bilan amerikalik muzokarachilar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatishga qaratilgan qo‘shimcha muloqotni osonlashtirish uchun Moskva va Kiyevga tashrif buyurganini esladi.

Maxsus elchining so‘zlariga ko‘ra, o‘zi, Jared Kushner va Milliy xavfsizlik kengashi, Davlat departamenti va G‘aznachilik departamenti rasmiylari o‘z ichiga olgan Amerika delegasiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tomonlar bir-birlarining takliflarini muhokama qilishdi.

“Kiyevda delegasiyalarga Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari ham qo‘shilib, birgalikda oldinga siljish yo‘lini belgilab olishdi. Qo‘shimcha uch tomonlama muzokaralarni rejalashtirishda ham sezilarli yutuqlarga erishildi. Prezident Tramp qotilliklarni to‘xtatish va mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deb ta’kidladi Uitkoff.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!