Xabaringiz bor, amerikalik Kayla Xarrison va braziliyalik Amanda Nunyes o‘rtasidagi chempionlik jangi 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Kayla bo‘yin umurtqasidagi jarohat sabab bahsdan yechilgandi. Bugun taniqli menejer Ali Abdel-Aziz Xarrisonning jarohati sportchiga jiddiy xavf tug‘dirganini oshkor qildi.
"Kayla hatto qo‘lini ham ko‘tara olmadi. Unga ukol qilishdi, bir dunyo dori berishdi, ammo hech narsa yordam bermadi. Keyin UFC uni Nyu-Yorkka jo‘natdi va shifokorlar sporchini darhol operasiya qilish kerakligini aytdi... Agar operasiya o‘tkazilmaganida, Xarrison falajga uchrashi mumkin edi", - dedi menejer.
Shuningdek, Abdel-Azizning so‘zlariga ko‘ra, bo‘yin jarohati Kaylani uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan surunkali muammo hisoblanadi.