Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

UFC Ramazon Temirovni diskvalifikasiya qildi

UFC Ramazon Temirovni diskvalifikasiya qildi

UFC matbuot xizmati Ramazon Temirov (19-2 MMA, 2-0 UFC) 12 iyun va 4 iyul kunlari o‘tkazilgan ikkita musobaqadan tashqari testdan o‘ta olmagani uchun 12 oyga diskvalifikasiya qilinganini ma’lum qildi.

Temirov namunalarida trimetazidin (TMZ) - yurak yetishmovchiligi va boshqa kardiologik kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan taqiqlangan modda aniqlandi. U UFC’ning dopingga qarshi ro‘yxatida gormonal va metabolik modulyatorlar toifasiga kiradi.

CSAD bayonotiga ko‘ra, dori vositasi Temirovga shifokor tomonidan tibbiy ko‘rsatmalar asosida buyurilgan va u tomonidan qisqa muddat davomida qo‘llanilgan. Biroq, jangchi modda taqiqlanganlar ro‘yxatiga kiritilganligini tekshirmagan, bu esa diskvalifikasiyaga sabab bo‘lgan.

Shu tariqa, 28 yoshli Temirov faqat 2026 yilning iyulida qaytishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 18:46 02.10.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!