Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

UFC. Aleks Pereyra Magomed Ankalayevni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratdi

UFC. Aleks Pereyra Magomed Ankalayevni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida aralash yakka kurash bo‘yicha UFC 320 musobaqasi nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning markaziy jangida yarim og‘ir vazn toifasining rossiyalik amaldagi chempioni Magomed Ankalayev hamda vaznning braziliyalik sobiq chempioni Aleks Pereyra to‘qnash keldi.

5 raundlik titul jangi dastlabki raunddayoq nihoyasiga yetdi. Aleks Pereyra Magomed Ankalayevni ketma-ket zarbalari orqali passiv himoyaga tushirib, texnik nokaut orqali taslim etdi.

Eslatib o‘tamiz, ular o‘rtasida o‘tkazilgan mart oyidagi ilk bahsda Magomed Ankalayev ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 11:53 05.10.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!