Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘FA Kannavaro bo‘yicha xabarlarga munosabat bildirdi

O‘FA Kannavaro bo‘yicha xabarlarga munosabat bildirdi

O‘FA Fabio Kannavaro haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bu borada barcha yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va Jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xususan, O‘FA rahbariyati bu borada yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri, Jahon chempionati g‘olibi, 2006 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda.

Muzokaralar bo‘yicha batafsil va rasmiy xabarlar O‘FA sahifalarida e’lon qilinadi. OAV vakillaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy va asossiz xabarlarga tayanmasliklarini so‘raymiz", - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 17:02 04.10.2025. O'qildi: 1527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!