UYEFA Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumiga qur’a tashlash uchun savatchalar tarkibini e’lon qildi. Ishtirokchilar orasida Rossiya terma jamoasi yo‘q. UYEFAning bunday qaroridan ajablanmasa ham bo‘ladi. Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan sanksiyalar ishlashda davom etmoqda. Jumladan FIFAdagilar ham ruslarni har qanday rasmiy musobaqalarda ishtirok etishiga qarshi. Bu sanksiyalar amal qila boshlaganiga ham 4 yildan o‘tdi. Rossiya terma jamoasi faqatgina o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish huquqiga ega xalos. Qur’a tashlash marosimi 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi.