Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

UYEFA qarori: Vinisiusni haqoratlagan futbolchi "Real"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi

UYEFA qarori: Vinisiusni haqoratlagan futbolchi "Real"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi

"Benfika" hujumkor yarim himoyachisi Djanluka Prestianni Chempionlar ligasining o‘tish bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida maydonga tusha olmaydi. UYEFA Prestiannini vaqtinchalik — bitta o‘yinga chetlatish haqida qaror qabul qilganini e’lon qildi.

Prestiannining vaqtinchalik diskvalifikasiya qilinishi UYEFAning Lissabondagi birinchi o‘yin yuzasidan olib borayotgan surishtiruvining oraliq hisobotidan o‘rin olgan. Ma’lumki, o‘shanda Vinisius Prestiannini irqchilikda ayblagan edi. "Benfika" futbolchisining o‘zi esa braziliyalik uni noto‘g‘ri tushunganini ta’kidlagan.

UYEFA Prestianni tomonidan kamsituvchi xulq-atvor belgilari dastlabki tarzda aniqlanganini alohida qayd etdi. Shuningdek, ushbu vaqtinchalik cheklov surishtiruv yakuni bo‘yicha chiqariladigan yakuniy qarorga ta’sir qilmasligi aytilgan. Bu esa Prestianni yakunda albatta diskvalifikasiya qilinishini anglatadi — faqat uning nechta o‘yinga chetlatilishi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 23:51 23.02.2026. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!