Bu tartibsizliklar CJNG karteli rahbari “El Mencho” o‘ldirilganidan so‘ng boshlandi.
Xabar berilishicha, shaharlarga Meksika armiyasining bronetexnikasi kiritilmoqda. Shu bilan birga, kuch tuzilmalariga hujumlar kuchaygan. CJNG jangarilarining San-Isidroda Milliy gvardiya bo‘linmasiga uyushtirgan navbatdagi pistirmasi oqibatida olti nafar harbiy halok bo‘lgan. Shuningdek, jangarilar Meksika Milliy gvardiyasining UH-60 Black Hawk vertolyotini o‘qqa tutgan. Havo kemasi fyuzelyaji va shinalariga o‘q tekkan, biroq u bazaga xavfsiz ravishda qaytishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Meksikada tartibsizliklar qayd etilgan shtatlar soni 19 taga yetgan. Jangarilar yo‘llarda tasodifiy avtomobillarga o‘t qo‘yib, vaziyatni beqarorlashtirish va shaharlarda tartibsizlik keltirib chiqarishga urinmoqda.