Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Arab mamlakatlari AQSh elchisining bayonotini qoraladi

Arab mamlakatlari AQSh elchisining bayonotini qoraladi

AQSh elchisi "Bibliya Isroilga Yaqin Sharqqa egalik qilish huquqini berishi" haqida gapirgan.

AQShning Isroildagi elchisi Maykl Hakkabi bunday fikrni konservativ sharhlovchi Taker Karlsonga bergan intervyusida aytib o‘tgan edi.

Karlson elchidan "Bibliyada yozilganidek, Isroil Nil daryosidan Frot daryosigacha bo‘lgan yerlar, ya’ni butun Yaqin Sharqqa egallash huquqiga egami?", deb so‘ragandi.

"Isroil Bibliya asosida deyarli butun Yaqin Sharqni egallash huquqiga ega. Ular bu yerlarning barchasini egallasa yaxshi bo‘lardi. Biroq Isroil butun mintaqani egallashga harakat qilmayapti", — deb javob bergan edi Hakkabi.

O‘ndan ortiq davlat, jumladan Misr, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari Hakkabining bayonotlarini “xavfli va adovatni qo‘zg‘atuvchi”, shuningdek G‘azodagi urushni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga nisbatan tahdid sifatida baholadi.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!