Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi bazalarida harbiy samolyotlar sonini oshirdi

AQSh Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi bazalarida harbiy samolyotlar sonini oshirdi

Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Nashrning baholashicha, Vashington Eronga qarshi bir necha hafta davom etishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy operasiyaga tayyorgarlik sifatida Yaqin Sharqda sezilarli miqdordagi kuchlarini jamlamoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Iordaniyadagi bazasida kamida 66 ta qiruvchi samolyot joylashgan. Aniqlik kiritilishicha, u yerda kamida 18 ta F-35 Lightning II qiruvchilari, shuningdek, 17 ta F-15 Eagle ko‘p maqsadli qiruvchisi va sakkizta A-10 Thunderbolt II shturmchisi mavjud. Bundan tashqari, mazkur bazada EA-18G Growler radioyelektron kurash samolyotlari hamda transport samolyotlari ham kuzatilgan.

Aviasiya bo‘yicha ekspert Financial Times'ga Saudiya Arabistonidagi bazada E-3 Sentry boshqaruv samolyotlari, C-130 Hercules va C-5 Galaxy transport samolyotlari mavjudligini bildirgan. Bundan tashqari, u yerda ham AQSh aviatexnikalari soni oshgani qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 11:34. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!