Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron tashqi ishlar vaziri AQSh hujum qilgan taqdirda mamlakat qonuniy ravishda javob qaytarishini aytdi

Eron tashqi ishlar vaziri AQSh hujum qilgan taqdirda mamlakat qonuniy ravishda javob qaytarishini aytdi

Abbos Aroqchi CBS telekanaliga bergan intervyusida agar Qo‘shma Shtatlar hujum qilsa, Eron o‘zini himoya qilish uchun har qanday harakatni amalga oshirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Eron tashqi ishlar vaziri respublikaning ehtimoliy javobini "adolatli va qonuniy chora" deb atadi.

"Bizning raketalarimiz Qo‘shma Shtatlar hududiga zarba bera olmaydi, shuning uchun mintaqadagi Amerika bazalariga zarba berishimiz kerak bo‘ladi. Bu fakt. Men diplomatman, harbiy rejalar haqida gapirmasligim kerak", — dedi Aroqchi.

Shu bilan birga, vazir diplomatik yechimga erishish mumkin bo‘lganda harbiy harakatlar haqida gapirish noo‘rinligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 11:03. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!