Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Meksikaga “El Mencho”ni yo‘q qilishda yordam berganmi?

AQSh Meksikaga “El Mencho”ni yo‘q qilishda yordam berganmi?

Bu haqda Reuters Pentagondagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr manbasining ta’kidlashicha, CJNG karteli yetakchisi Nemesio Osegera Servantesni (“El Mencho”) yo‘q qilish bo‘yicha operasiya Meksika harbiylari tomonidan amalga oshirilgan, AQSh esa Servantes haqida batafsil ma’lumotnoma to‘plab, uni Meksika rasmiylariga taqdim etgan.

Avvalroq, AQSh Meksikadagi o‘z fuqarolarini xavfsiz boshpanalarda qolishga chaqirgan edi.

Davlat departamenti tomonudan e’lon qilingan Xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish eng birinchi navbatda Xalisko shtatiga taalluqli bo‘lib, bu yerda Puyerto Vallarta va Guadalaxara kabi sayyohlik markazlari joylashgan. Shuningdek, choralar Tamaulipas, Michoakan, Guyerrero va Nuyevo Leon shtatlarining ayrim hududlariga ham tegishli.

Kiritildi: Bugun 11:11. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!