Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Rossiya bilan maxfiy bitim tuzdi

Eron Rossiya bilan maxfiy bitim tuzdi

Eron Rossiya bilan 500 million yevrolik qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha maxfiy bitim tuzdi, deb xabar bermoqda Financial Times

Nashr bu haqda Rossiya hujjatlariga hamda bitim tafsilotlaridan xabardor bir necha manbaga tayanib xabar bermoqda.

Shartnomaga ko‘ra, Rossiyaning “Rosoboroneksport” davlat kompaniyasi Eronga uch yil davomida — 2027 yildan 2029 yilgacha, 500 ta “Verba” zenit-raketa majmuasi va 2,5 mingta 9M336 raketalarini yetkazib beradi. Hujjatlarda bitta raketaning narxi 170 ming yevro, uchirish qurilmasi esa 40 ming yevro deb ko‘rsatilgan. Shartnomaning umumiy qiymati esa 495 mln yevroni (taxminan 586 mln dollar) tashkil qiladi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron Moskvaga mazkur shartnoma bo‘yicha rasmiy so‘rovni o‘tgan yilning iyul oyida Isroil bilan “12 kunlik urush” tugaganidan ko‘p o‘tmay yuborgan. Bunga Eronning havo hujumidan mudofaa tizimi sezilarli darajada zaiflashgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:52. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!