Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Superliga klublari rahbarlari hibsga olindi

Superliga klublari rahbarlari hibsga olindi

Istanbul prokuraturasi mamlakat professional ligalarida kelishilgan o‘yinlar va noqonuniy bukmekerlik faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan surishtiruv doirasida 32 nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Qo‘lga olinganlar orasida Superliganing bir nechta klublari — «Geztepe», «Konyaspor», «Alanyaspor», «Antalyaspor», «Kojaelispor», «Genchlerbirligi» va «Sivasspor» rahbarlari bor. Bu haqda Hürriyet Daily News nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya polisiyasi gumonlanuvchilarni qo‘lga olish uchun mamlakatning 10 ta viloyatida reydlar o‘tkazgan. Yana bir gumonlanuvchini qidirish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada bukmekerlik o‘yinlarida ishtirok etgani uchun 1000 dan ortiq futbolchi va 149 nafar hakam faoliyatidan chetlashtirilgan edi. Polisiya mazkur holat yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 23:52 20.02.2026. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!